SAYYOR QABUL - MUAMMOLARGA MAQBUL YECHIM!
SAYYOR QABUL - MUAMMOLARGA MAQBUL YECHIM!
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari O.Shodikulov va Ishtixon tuman adliya bo'limi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tumanning "Xalqobod" mahallasida Huquqiy xizmatlar kuni amalga oshirildi. (https://t.me/qonun_va_huquq/13063)
Sayyor qabuldan boshlangan tadbirda 30 nafardan ortiq fuqarolarning uy-koy, kadastr, bola puli, shaxsiy hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, meros, o'limni qayd qilish va boshqa masalalardagi murojaatlari eshitildi. 12 dan ortiq fuqarolarning masalasi joyning o'zida huquqiy tushuntirish berish orqali hal etildi.
Shuningdek, tadbirda 30 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tuman adliya bo'limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi jami 27 nafarga yaqin mahalla fuqarolari tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI