insurez
07-07-2024 09:49

shtixon tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.


Davlat rahbari tomonidan 2023 yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish va ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev tomonidan Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyevga biriktirilgan 30 nafar, shundan 18 nafar profilaktik hisobda turuvchi va 12 nafar probatsiya nazoratidagi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash va boshqa muammolarini bartaraf etish masalalari mutasaddi idora rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Yoshlarni bandligini ta’minlash bilan bog‘liq 3 ta muammoli masalalar joyida hal etildi, shuningdek 2 nafari kasbga tayyorlash va uy sharoitida bandligini ta’minlash maqsadida ustachilik anjomlari bilan ta’minlandi.

Tuman sektor rahbarlari va boshqa mas’ullarga yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada jadallashtirish, ular bilan doimiy muloqotda bo‘lish, muammolarini aniqlash va bartaraf etish, bu orqali huquqbuzarliklarni oldini olish borasida topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi tadbirlar muntazam davom ettirib boriladi.   

🌐 Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Teglar
- -