insurez
30-06-2025 17:43

Sizlarni 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!


Sizlarni 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

⚡️Yurtimiz kelajagi, taraqqiyoti va ravnaqi sizlar bilan bog‘liq. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yoshlarimiz — eng katta boyligimiz, beqiyos xazinamizdir.

🎆Bugungi kunda Ishtixon tumanimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilimli, iqtidorli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Sizlar esa bunga munosib ravishda mehnat qilmoqdasizlar, yangicha g‘oyalar, tashabbuslar va intilishlaringiz bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shyapsizlar.

✨Sizlarning orzu-intilishlaringiz ro‘yobga chiqsin! Har biringiz tinch va farovon diyorimizda oilasi, yurti, xalqiga manfaatli, sog‘lom, bilimli va yuksak ma’naviyatli yoshlar bo‘lib kamol topishingizni tilayman.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Izzat va ehtirom bilan,
Ishtixon tumani hokimi
Ruziyev Fazliddin
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -