Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklayman!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklayman!
Bu sana — Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligini yodga oladigan, ularning xotirasini ulug‘laydigan muqaddas kundir. Ular bizga erkin va farovon hayotni meros qilib qoldirdilar.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, yurtimizdagi erkinlik va farovonlik uchun minnatdorlik tuyg‘ulari bilan Xotira maydonlariga yo‘l olamiz, fidoiylar ruhi oldida bosh egamiz. Ularning jasorati har birimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
Bizga meros bo‘lib qolgan tinchlikni asrash, yurtimiz ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish barchamizning muqaddas burchimizdir. Ushbu muqaddas kunda Vatan himoyasida halok bo‘lgan qahramonlarni xotirlab, tirik faxriylarimizning holida xolidek bo‘laylik, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsataylik.
Yana bir bor barchangizni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman! Xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka va osoyishtalik tilayman.
Fazliddin Ruziyev
Ishtixon tumani hokimi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI