Sog‘liqni saqlash tizimida navbatdagi qadam: Ilk bor Angiograf apparati Ishtixon tumanida xizmatda
Sog‘liqni saqlash tizimida navbatdagi qadam: Ilk bor Angiograf apparati Ishtixon tumanida xizmatda
🇺🇿Ishtixon tumanida Respublika Milliy tibbiyot markazi tashabbusi bilan imtiyozli toifadagi fuqarolarni yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash maqsadida zamonaviy angiograf apparati joylashtirildi.
➕Hozirgacha 1600 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan 560 nafari angiograf apparatida koronarografiya tekshiruvidan o‘tdi.
✨Shu ko‘riklar natijasida 95 nafar bemorga yurakni stendlash, 49 nafar bemorga esa yurak operatsiyasini o‘tkazish uchun Viloyat shifoxonasiga imtiyozli yo‘llanma berildi.
Bu ishlarning asosiy maqsadi – aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning hayot sifati yaxshilanishiga ko‘maklashishdir.
💎Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev ushbu ko‘rik jarayonlarini shaxsan ko‘zdan kechirib, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolar bilan suhbatlashdi hamda amalga oshirilayotgan ishlardan qoniqish bildirdi.
➕Mazkur tashabbus mamlakatimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI