“Soxibkor” mahallasining “Bolqi” qishlog‘idagi yangi ko‘prik qurilishi masalasidagi taklif va tavsiyalarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev va tuman prokurori Uchqun Butunov tomonidan tumanning “Soxibkor” mahallasining “Bolqi” qishlog‘idagi yangi ko‘prik qurilishi masalasidagi taklif va tavsiyalarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyihaning maqsadi aholi uchun transport harakatini osonlashtirish, qishloqni boshqa hududlar bilan bog‘lash va infratuzilmani yaxshilashdan iborat.
Hokim va sektor rahbarlari fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va ehtiyojlari inobatga olinib, loyihani samarali amalga oshirish o‘rganildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI