insurez
18-08-2024 10:26

Sport_boks


Sport_boks

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi hozirda Toshkent viloyatidagi "Yangiobod sport bazasi"da o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Bu yig‘inlar kelajakda bo‘ladigan muhim musobaqalarga, jumladan, 27 avgustdan 10 sentyabrgacha Abu-Dabida (BAA) o‘tkaziladigan o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tkazilmoqda.

Jamoa safida Ishtixon tuman sport maktabi boks bo‘yicha sportchilari Hamdamova Nilufar, Abdusaidova Mavjuda,Ruziyeva Farzona,Esanova Baxora va Musulmonova Maftuna oʻgʻil bollardan Rahmatullaev Suxroblar ham ishtirok etishayotgani quvonarli. 

Ular ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun katta mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Murabbiy: O‘zbekiston qizlar boksining terma jamoa murabbiysi Ishtixon sport maktabi boks bo‘yicha katta murabbiy Azim Xudoyqulov
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -