“Sug‘ot” mahallasida joylashgan 22-maktabgacha ta’lim tashkilotida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Sug‘ot” mahallasida joylashgan 22-maktabgacha ta’lim tashkilotida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ayni damda viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov va boshqa mutassadi tashkilotlar vakillari ishtirokida tumanning “Sug‘ot” mahallasida joylashgan 22-maktabgacha ta’lim tashkilotida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mazkur ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va yangi qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay sharoitlar yaratish va hududning infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.
Uchrashuvda mas’ullar loyihalarni amalga oshirish muddatlari va sifatini ta’minlash yuzasidan aniq takliflarini berishdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI