#Tadbirkorlar_qabuli
#Tadbirkorlar_qabuli
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI
⚡️Haftaning har chorshanba kuni Ishtixon tuman hokimining tadbirkorlar qabuli kuni sifatida belgilangan bo‘lib, bugun tuman hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda navbatdagi tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Hafta davomida 12 nafar tadbirkorlar tuman Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilgan edi va ularning 7 nafarining masalalari qabulga qadar hal etildi.
Shuningdek qolgan 5 nafar tadbirkorlarning muammolari tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov hamda masʼullar bilan birgalikda muhokama qilinib ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI