insurez
11-03-2025 09:40

📣 “Tashabbusli budjet”da targ‘ibot bosqichi boshlandi



📣 “Tashabbusli budjet”da targ‘ibot bosqichi boshlandi 

📆 Hurmatli fuqarolar! Joriy yilning 8–10-mart kunlari “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi.

Bunda, tashabbuskorlar saralashdan o‘tgan loyihalarni targ‘ib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi.

✅ Ma’lumot uchun: ovoz berish bosqichi 2024-yilgi 2-mavsumdan boshlab, 20 kundan 10 kunga qisqartirilgan. Shu sababli, ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida targ‘ibot bosqichi amaliyotga joriy etilgan.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etishda faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Teglar
- -