Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev Xitoy Xalq Respublikasining "Global Village" servis markazi asoschisi va bosh kotibi Sun Chunhui bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda tumanda Xitoy korxonalari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tumanning investitsion jozibadorligi, sanoat salohiyati va qo‘shimcha qiymat zanjiri yaratish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U, shuningdek, tuman iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun Xitoyning ilg‘or texnologiyalari va tajribasidan foydalanishning ahamiyatini ta’kidladi.
Uchrashuv so‘ngida tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va Sun Chunhui tuman hududida Xitoy korxonalari ishtirokida bir qancha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI