Tuman hokimi “Ilk rivojlanish” markazi qurilish jarayoni bilan tanishdi
Tuman hokimi “Ilk rivojlanish” markazi qurilish jarayoni bilan tanishdi
Ayni paytda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tumanda barpo etilayotgan “Ilk rivojlanish” markazi qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Mazkur maskan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularni umumta’lim maktabiga tayyorlashga qaratilgan zamonaviy markaz sifatida tashkil etilmoqda.
Markazda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or uslublar asosida tashkil etish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI