Tuman hokimi tibbiyot muassasalaridagi yangilanishlar va mavsumiy tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi
Tuman hokimi tibbiyot muassasalaridagi yangilanishlar va mavsumiy tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tegishli soha rahbarlari hamrohligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, mavjud sharoitlar hamda ko‘z-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.
Tanishish davomida tuman markaziy shifoxonasidagi sharoitlar, tibbiy uskunalarning holati, dori-darmon zaxirasi hamda isitish tizimlarining tayyorligi o‘rganildi.
Hokim tibbiyot muassasalaridagi islohotlar aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, mavsumiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, mas’ul rahbarlarga shifoxona va poliklinikalardagi sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, isitish tizimlarini to‘liq tayyor holatga keltirish hamda shifokorlar uchun qulay mehnat sharoiti yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI