insurez
10-03-2025 09:38

Tuman hokimi va fermerlar mavsumga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi


Tuman hokimi va fermerlar mavsumga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi

✅Bugun tuman hokimi, qishloq xo‘jaligi xodimlari va fermerlar mavsumga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirish hamda katta yo‘l yoqalarini obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi.

💎Ushbu muhokama doirasida dala ishlariga tayyorgarlik, yerlar holati, ekish jarayonlari hamda atrof-muhitni obodonlashtirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✨Shuningdek, fermer va mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavsumdagi muhim vazifalar, suv ta’minoti, urug‘chilik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Katta yo‘l yoqalarini ko‘kalamzorlashtirish va sanitar holatini yaxshilash ishlari ham ko‘rib chiqildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -