Tuman hokimligida mahalla yettiligi ishtirokida muhokama o‘tkazildi
Tuman hokimligida mahalla yettiligi ishtirokida muhokama o‘tkazildi
Bugun tuman hokimligida Respublika ishchi guruhi va tuman rahbarlari ishtirokida mahalla yettiligi bilan ZOOM orqali onlayn muhokama o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mahallalarni obodonlashtirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Muhokama davomida har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va belgilangan loyihalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tashabbus mahallalarni yanada obod va go‘zal maskanga aylantirish, aholi uchun qulay va ekologik toza muhit yaratishga qaratilgan.
Shu bois, berilgan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mahalla yettiligi tomonidan tizimli ish olib boriladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI