insurez
08-07-2025 17:42

Tuman tibbiyot birlashmasidagi ishlar o‘rganildi


Tuman tibbiyot birlashmasidagi ishlar o‘rganildi

✅Bugun Samarqand viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i Botir Mirzayev hamda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🚑Tanishishlar davomida tibbiyot muassasasi binosida olib borilayotgan ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlari ko‘zdan kechirildi. 

➕Shuningdek, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi hamda ularning yaqinlari uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨Uchrashuv chog‘ida mas’ul mutasaddilarga tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, bemorlar va ularning yaqinlari uchun qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -