insurez
27-02-2025 11:29

Tuman yo‘llari obodonlashtirilmoqda


Tuman yo‘llari obodonlashtirilmoqda

Ayni paytda tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar tomonidan katta yo‘l yoqalarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘rib chiqilmoqda.

Mavjud muammolarni bartaraf etish, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rganilmoqda. 

Shuningdek, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -