Tumandagi Mitan shaharchasida tuman SES (SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI) bo‘limi uchun yangi bino foydalanishga topshirildi. Bu tadbirda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov shaxsan ishtirok etdi.

Yangi SES binosi tuman aholisining sanitariya-epidemiologik holatini yanada yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida qurilgan. Ushbu muassasa zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda zamonaviy sanitariya talablariga javob beradigan tekshiruv va tahlil ishlarini amalga oshirish mumkin.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov o‘z nutqida mazkur ob’yektning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tib, bunday inshootlar aholi salomatligi va hududdagi sanitariya vaziyatini yaxshilashga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI