insurez
08-06-2024 09:58

USTOZGA EHTIROM !!!


USTOZGA EHTIROM !!!

Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev "Qurbon hayiti" arafasida  tumanning “O‘zbekiston” mahallasida yashovchi  nafaqada keksalik gashtini surayotgan ustoz Sayfiddin Arabov holidan xabar oldi.
Ustoz bilan samimiy suhbat  davomida o‘qituvchilik faoliyatida  yurtimiz ravnaqiga hissa  qo‘shadigan shogirdlar tarbiyalagani uchun  minnatdorchilik bildirildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -