insurez
31-05-2024 11:00

Viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari Xuzhou shahrida biznes-forumda ishtirok etmoqda.


Viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari Xuzhou shahrida biznes-forumda ishtirok etmoqda. 

🟠Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning  masalalari muhokama qilinib, yangi zamonaviy loyihalar  o’zaro hamkorlikning ustuvor yo’nalishi ekanligi ta’kidlandi.

🟠Forum doirasida Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziev tomonidan tumanning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, investitsion salohiyati, sanaot ko’rsatkichlari va viloyatda investorlarga yaratilgan qulaylik va preferensiyalar yuzasidan  taqdimot o‘tkazildi.

🟠Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga atroflicha fikr almashish va kelgusi hamkorlik uchun yangi loyihalarni muhokama qilish imkoniyatini ochib beruvchi B2B uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -