⚡️Xavfsiz oila – farovon turmush garovi
⚡️Xavfsiz oila – farovon turmush garovi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hududlarda “Xavfsiz oila” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda Ishtixon tumanida mazkur profilaktik tadbirlar doirasida hamkor tashkilotlar vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda.
Ushbu seminarda viloyatdan kelgan ishchi guruh a’zolari va tuman mas’ullari hududlarga taqsimot qilinib, mahallalarga o‘rganishga chiqiladi.
Oila – turmush munosabatlari doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan mazkur tadbirlar tumanda 2 kun davom etishi ko‘zda tutilgan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI