Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Samarqand viloyati delegatsiyasi bugun Urumchi shahri hokimi o‘rinbosari Xou Yun bilan hamkorlikdagi biznes uchrashuvda ishtirok etdi.
🇺🇿🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Samarqand viloyati delegatsiyasi bugun Urumchi shahri hokimi o‘rinbosari Xou Yun bilan hamkorlikdagi biznes uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlar, tanishuvlar va kelishuvlar o‘tkazildi. Ular orqali tadbirkorlar o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi hamda qator istiqbolli yo‘nalishlarda anglashuvga erishildi.
Tadbir davomida, viloyat hokimi o‘rinbosari Oybek Xamrayev bu kabi uchrashuv va biznes aloqalar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini hamda iqtisodiy va madaniy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI