insurez
03-05-2025 12:06

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ishtixonda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi


Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ishtixonda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Ayni damda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ishtixon tumanidan chiqqan mard o‘g‘lon, general Sobir Rahimov xizmat qilgan diviziya jangchisi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmon Eshbekov nomidagi uy muzeyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda senator Farmon Toshev, yozuvchi va shoir Tulqin Eshbek, viloyat harbiy qo‘mondonligi orkestri, faxriylar, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda bir qator yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasi yodga olinib, vatanparvarlik g‘oyalarini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar namoyish etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -