insurez
14-06-2024 11:24

YANA BIR MAHALLA OBOD BO‘LDI !!!


YANA BIR MAHALLA OBOD BO‘LDI !!!

Bugun Ishtixon tuman “Mirishkor” mahallasida "Obod mahalla" doirasida bir qator obyektlar mukammal taʼmirlanib amaliy ishlar bajarildi.

Mahallada 2.0 km yo‘l qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi, 10 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 5.6 km toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Elektor taʼminotini yaxshilash bo‘yicha 3 dona yangi transformator o‘rnatildi va 5 dona transformator mukammal taʼmirlanib 5 km SIP kabellar tortildi hamda 200 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

Maktab, sport maydoni, tibbiyot punkti va mahalla binosi mukammal taʼmirlanib mahalla fuqarolariga foydalanish uchun tantanali topshirildi.

Mahalla hududi obodonlashtirilib "Obod mahalla"ga aylantirildi.

Endilikda “Mirishkor” mahallasi ham “Obod” mahallaga aylandi !!!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -