“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida ishlar boshlandi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida ishlar boshlandi
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyiga chiqib tanishdi.
Tanishish davomida hokim Shayxislom mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda aholi yo‘llarni ta’mirlash, simyog‘ochlarni yangilash, tibbiyot punkitini qurish hamda bolalar uchun futbol maydonchasi barpo etish kabi taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi.
Fazliddin Ruziyev har bir taklifni diqqat bilan tinglab, ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul idora va tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, dastur doirasidagi ishlar aholi farovonligiga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




