“Yashil bog‘” — Ishtixonda yangi ekomaydon barpo etilmoqda
#Yashil_makon
“Yashil bog‘” — Ishtixonda yangi ekomaydon barpo etilmoqda
Ayni paytda Ishtixon tumani hokimligi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ezgu sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Tumanda 8 gektar maydonda “Yashil bog‘” barpo etish ishlariga start berildi.
Loyiha doirasida mazkur hududga 2 mingdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Ushbu bog‘ kelgusida tuman ekotizimini yaxshilash, aholi uchun sog‘lom va imkoniyatlarga boy hordiq maskani yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




