insurez
27-07-2024 11:46

"Yosh kelin-kuyovlar maktabi"da uchrashuv


"Yosh kelin-kuyovlar maktabi"da uchrashuv 

Ishtixon tumanidagi" Baxt uyi" binosida "Yosh kelin-kuyovlar maktabi" faoliyatini yanada takomillashtirish, maxsus o‘qiv kurslarini tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.  

Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligʻi Feruza Chinorova soʻzga chiqib, "Yoshlarni  oilaviy hayotga tayyorlash" oʻquv kursini  tashkil etishdan  koʻzlangan maqsad, yosh oilalarni hayot tarbiyalashda ibratli oila vakillarining o‘rni va  vazifalari xususida fikr-mulohazalar bildirishdi. 

Seminar soʻnggida "Yoshlarni  oilaviy hayotga tayyorlash" oʻquv kursining 6 nafar nikohlanuvchi juftliklariga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alar  topshirildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -