Yoshlar bilan manzilli ishlash: yangi tashabbuslar va amaliy chora-tadbirlar
Yoshlar bilan manzilli ishlash: yangi tashabbuslar va amaliy chora-tadbirlar
Yoshlar tarbiyasi va ularni jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish maqsadida bir qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, alohida e’tibor talab etadigan yoshlarni vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlariga biriktirish, shuningdek, huquq-tartibot va mudofaa organlari xodimlariga otaliqqa berish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu orqali yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishiga va mas’uliyatli fuqaro bo‘lib kamol topishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mahallalarda yoshlar o‘rtasida harbiy-sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport o‘yinlari tashkil etiladi.
Bu musobaqalar yoshlarning jismoniy chiniqishi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “Besh tashabbus olimpiadasi” 2025 yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur olimpiada yoshlarni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik va IT sohalariga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi mavsum yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar va qiziqarli loyihalarni taqdim etadi.
Ushbu tashabbuslar orqali yoshlarning ijtimoiy faolligi oshirilib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam asos yaratiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI