Yoshlar salohiyati va ilhomi – Ishtixonda yangi loyihalar orqali namoyon
Yoshlar salohiyati va ilhomi – Ishtixonda yangi loyihalar orqali namoyon
Ishtixon tumanida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning ma’naviyati, bilim va salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta istiqbolli loyiha — “Ibrat Academy”, “Ustoz AI”, “UzChess”, “Mutolaa” hamda “Qizlar akademiyasi” loyihalari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda tumandagi “Xusniddin Usarov” o‘quv markazi o‘quvchi yoshlari ham faol ishtirok etdi. Ular o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, loyihalar haqidagi ma’lumotlarni qiziqish bilan tingladilar.
Shuningdek, “Ibrat Akademy” loyihasi ishtirokchilariga gold kartalar, “Mutolaa” loyihasi doirasida esa yoshlar uchun maxsus promokodlar taqdim etildi.
Tadbirlar davomida yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, innovasion g‘oyalarni ilgari surish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Tadbir yakunida yoshlarga loyihalarda faol ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Targ‘ibot tadbirlarida Samarqand viloyati Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Azizova hamda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev ishtirok etdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




