insurez
18-07-2025 09:45

“Zarbdor– 40 kunlik” Gʻo‘za parvarishida mas’uliyat va qat’iyat davri boshlandi


“Zarbdor– 40 kunlik” Gʻo‘za parvarishida mas’uliyat va qat’iyat davri boshlandi

Bugun Ishtixon tumanida “ZARBDOR – 40 kunlik” g‘o‘za parvarishi davri bo‘yicha muhim muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi A.Nurqulov va tuman hokimi Fazliddin Ruziyev ishtirok etib, g‘o‘za parvarishida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mazkur 40 kunlik (5 iyuldan 15 avgustgacha) davr g‘o‘za yetishtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Barcha mas’ullarga har bir agrotexnik tadbirning ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -