"YOSHLAR SALOMATLIGI OYLIGI" AKSIYASI
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-apreldagi 11-11249-sonli ko‘rsatma xati asosida mamlakatimizda “Yoshlar salomatligi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan, Ishtixon tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada “Yoshlar salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida tumandagi 18-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar viloyatdan kelgan 15 turdagi tibbiyot mutaxassislari va KTMP tor soha mutaxassislari tomonidan maqsadli tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra 4739 nafar yoshlar tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi. 785 nafar yoshlarda kasalliklar aniqlangan. Shundan 745 nafar fuqarolarga ambulator, 38 nafar fuqarolarga tuman shifoxonasida statsionar, 2-nafar fuqarolarga viloyat shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI