O`quv soat o`zbek tilini davlat tili sifatida qo`llanishini kengaytirish masalasiga bag`ishlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirokida bo`lib o`tgan navbatdagi o`quv soati o’zbek tilining davlat tili sifatida qo’llanilishini kengaytirish, rivojlantirish va takomillashtirish masalasida bo`lib o`tdi. O`quv soat avvalida mavzuga oid videorolik qo`yib berildi. Shundan so`ng tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari va davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisining ma`ruzalari tinglandi. Ma`ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 12 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan  chora-tadbirlar dasturi,  Dasturda davlat tilining internet tarmog‘idagi nufuzini oshirish, axborot texnologiyalari vositasida o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar yuzasidan so`z yuritishdi.

Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM