
"So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirlari davom etmoqda...
Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Farrux Usmonov tumandagi 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘quvchilarni katta hayotga qo‘yayotgan ilk qadamlari bilan qutlash uchun tashrif buyurdilar. Bitiruvchilarni "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbiri bilan tabriklab, mamlakat kelajagi uchun kerakli kadrlar bo‘lib yetishishida ulkan muvaffaqiyat tiladilar.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI