Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanida bo‘ldi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanida bo‘ldi.

Viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov, viloyat mas’ullari va Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda Ishtixon tumanida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.

Viloyat prokurori Ishtixon tumanining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tumanda "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi" qurilish ishlari hamda tumandagi mavjud ishlab chiqarish korxonalari jumladan Xitoylik investor MChJ “SAMARKAND STONE TRADE CORPORATION” korxonasi ish faoliyati bilan tanishib, korxona tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

Sanoat zonasida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, tumanda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash xususida tadbirkorlar bilan suhbatlashdi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM