"Zulfiyaxonim izdoshlari" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ishtixon tumani "Qiyot" mahallasida olib borilayotgan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish yuzasidan olib borilayotgan ma‘naviy-ma'rifiy tadbirlar ijrosi bo‘yicha "Zulfiyaxonim izdoshlari" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hududdagi 46-, 47-, 58- umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘quvchilari tomonidan "Zulfiya Isroilovaning hayot yo‘li va ijodi to‘g‘risida hamda uning she'r va g‘azallari bilan tadbir yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Bu tadbir orqali o‘quvchilarga adabiyotga qiziqishlarini oshirish, milliy-ma’rifiy qadriyatlarini targ‘ib etish, shoir va adiblarning ijodiy faoliyatlariga oid ma’lumotlarni oshirish va ularning insoniy-qadriyatlariga bag‘ishlangan qadriyatlarini rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI