8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni"  munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni"  munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ishtixon tumani hokimligi binosida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni"  munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev so‘zga chiqib, tumanda Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida  Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan maktab direktorlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiralari hamda ustoz pedagoglarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.

ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM