“Olamga nur to‘lsin sen bilan, Navro‘z” degan bosh g‘oya asosida tumanimizda o‘tkaziladigan umumxalq sayili.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Olamga nur to‘lsin sen bilan, Navro‘z” degan bosh g‘oya asosida tumanimizda o‘tkaziladigan umumxalq sayili.
Bu yilgi tabiat injiqliklari ortga chekinib, ayozli qish o‘z o‘rnini barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan bahor fasliga bo‘shatib berayotgan shu kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda barcha mahallalarda, qishloq va guzarlarda Navro‘z saylini o‘tkazayotgan barcha-barcha yurtdoshlarimga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM