O'zbekistonda “So'nggi qo'ng'iroq”ning onlayn-translyatsiyasi tashkil etiladi
Mon, 25/05/2020 - 10:42Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun darslar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. Karantin talablariga ko'ra bu yil maktablarda “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bu esa bitiruvchilarning kayfiyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Chunki maktab bilan xayrlashuv tadbiri bir umr insonning xotirasida saqlanib qoladigan holatlardan biridir.