TUMAN HOKIMI TALABALARNI QUTLADI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda "Beshta muhim tashabbus"ni amaliyotga keng joriy etish maqsadida o'tkazilgan yoshlar forumida 2019-2020 o'quv yilini a'lo baholar bilan tamomlab, oliy o'quv yurtlariga eng yuqori ballar bilan grant asosida o'qishga qabul qilingan 9 nafar bitiruvchi yoshlarimizni tumanimiz hokimi Shuhrat Negmatov tomonidan  taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i Husan To'xtayev ham ishtirok etdi.

To`qqiz nafar oliy o'quv yurtiga yuqori ball to'plab talabalik baxtiga musharraf bo'lgan umumta'lim maktab bitiruvchilari:

  1. 59-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Abduhamidov Ja'far Jamshid o'g'li. Samarqand davlat chet tillar instituti, Filologiya va tillarga o'qitish; Ingliz tili
  2. 7-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Isoqulova Malika Shaydulla qizi. Samarqand davlat chet tillar instituti, Xorijiy til va adabiyoti; Ingliz tili
  3. 18-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Abdullayeva E'zoza Zohid qizi. O'zbekiston davlat jahon tillar universiteti, Filologiya va tillarni o'qitish; Ingliz tili
  4. 41-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Ulug'murodov Shahobjon Islom o'g'li. Samarqand davlat universiteti, Filologiya va tillarni o'qitish; O'zbek tili
  5. 26-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Achilova Bahora Shuhrat qizi. Samarqand davlat chet tillar instituti, Xorijiy til va adabiyoti; Ingliz tili
  6. 53-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Baxtiyorova Nurxon Nabi qizi. Jizzax davlat pedagogika instituti, O'zbek tili va adabiyoti
  7. 35-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Fayzullayeva Maftuna Qobil qizi. Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti, O'zbek tili va adabiyoti
  8. 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Hasanova Dinora Bahodir qizi. O'zbekiston davlat jahon tillar universiteti, Xorijiy til va adabiyoti; Ingliz tili
  9. 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi bitiruvchisi - Razzoqov Umarjon Rasul o'g'li. Toshkent moliya instituti; Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM