ISHTIXONLIK YOSHLARDA NIMA MUAMMO?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun Ishtixon tuman hokimligi katta majlislar zalida yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Ishtixon tuman hokimi Sh.Negmatov, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i X.To‘xtayev va sektor rahbarlari, shuningdek, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari va 80 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan muammo va takliflar bildirildi. Xususan, yoshlarni ishga joylashishi,  to‘lov-kontraktini to'lashda yordam berish, tumandagi qo‘g‘irchoq teatr studiyasining moddiy texnik bazani kengaytirish, “Yoshlar markazi”  qurish, sog‘lomlashtirish markazini tashkil etish, sport zallari qo`rish bo‘yicha imtiyozli kredit ajratishda amaliy yordam berishni so`rashdi.

Yoshlarning muammo va masalalarining ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Javlon Bediyev, Yoshlar ishlari agentligi Ishtixon tuman bo'limi boshlig'i

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM