Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!       

21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun. Mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham ushbu bayram keng nishonlanmoqda. 
 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” deb nomlangan asosiy bayram tadbiri  shahrimizdagi 21-musiqa va san'at maktabi faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirini iste'dodli suxandon o‘qituvchilar Dilnoza Rahimova va A'zam G‘anievlar ona tilimizni madh etuvchi she'rlar bilan boshlab berishdi. 

 Tuman hokimi o‘rinbosari Obid Tojixonov yig‘ilganlarni ayyom bilan qutladi va tuman hokimi Sh.Negmatovning  barcha hamyurtlarimizga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
 Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ona tili va adabiyoti fanini o‘qitishda alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ustozlar, ijodkor o‘qituvchilar va ma'naviy-ijodiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar  O‘zbekistonRespublikasi ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo‘limi Kengashining  Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 Tadbirda tumandagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan bir guruh o‘quvchilar ona tilimiz, istiqlolimiz va tinchlikni madh etuvchi she'rlardan o‘qidilar, Ona Va'animizni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etishdi. Ishtirokchilar tumanimizda yashab ijod qilib kelayotgan Shahriddin Umirov, Aslixon Rizo, Muhabbat To‘xtasheva, Mavluda Ro‘zieva kabi iste'dodli shoirlarning she'rlarini maroq bilan tinglashdi.

 Bayram tadbirlari barcha ta'lim muassasalari, mahallalar va tashkilotlarda davom etmoqda.

M.HAYITOVA,

“Ishtixon ovozi” ning maxsus muxbiri.
Suratlar muallifi O. QO‘CHQOROV.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM