VILOYATDA BIRINCHI O’RIN

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yaxshi xabarning qanoti bor deganlaridek,  Ishtixon tumanidagi 1-IDUM  jamoasining qo’lga kiritgan navbatdagi yutug’i nafaqat tuman, balki viloyatda ham tez tarqaldi.  Jamoa 2020- 2021- o’quv yili ko’rsatkichlari bo’yicha viloyatda birinchi, Respublikada 24-o’rinni qo’lga kiritdi. Agar viloyatimizda 1200, Respublikada esa 10 000 dan ziyod ta’lim muassasalari faoliyat olib borayotganini hisobga olsak, bu yutuqning naqadar salmoqli ekanligini his qilish qiyin emas.

Ta’lim tizimida tub islohotlar davom etayotgan, talab va mas’uliyat keskin ortgan bir davrda bunday natijaga erishish  oson emas.  Chuqur   tahlil va natijalarga tayangan holda bir necha ko’rsatkichlar bo’yicha chiqarilgan statistik ma’lumotlar asosida maktablar reytengi e’lon qilindi. Maktabda o’qituvchilarning  62 foizi oliy va 1- toifali o’qituvchilar, o’tgan o’quv yilida bitiruvchilarning oliygohlarga kirish natijasi 64 foizni tashkil etdi. Fan olimpiadalarida  o’quvchilarning  to’plagan umumiy ballari ham yuqori bo’ldi. 

Xorijiy tillar fan o’qituvchilarining tilni bilish darajasi, o’tgan yillar mobaynida o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik qayd etilmaganligi singari natijalar asosida viloyat miqyosida yetakchilikni qo’lga kiritgan jamoaga bu e’tirof yangi kuch va g`ayrat bag`ishladi. 

 

FeruzaTog’ayeva,   

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati,

1- IDUM ijodiy-madaniy masalar targ’ibotchisi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM