JAMIYATDA GENDER TENGLIGINI, AYOLLARGA NISBATAN TO`G`RI VA HAQQONIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH USTUVOR VAZIFAMIZ

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimiz har bir shaxsning erkinligi, shaxsiy huquq va qonuniy manfaatlarini ro`yobga chiqara oladigan farovon, demokratik, fuqarolik jamiyatini barpo etish yo`lida ildam harakat qilmoqda.

Bunda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy yo`nalishlarda qator islohotlarni amalga oshirish, sohalar kesimida yig`ilib qolgan bir qancha muammolarni bartaraf etish dolzarb masaladir.

Shu bois jamiyatda gender tengligini, ayollarga nisbatan to`g`ri va haqqoniy munosabatni shakllantirish, xotin-qizlarning qonun va qonunosti hujjatlarida belgilab qo`yilgan haq-huquqlari ijrosini to`laqonli taminlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridandir.

Binobarin, mazkur yo`nalishda aholining faol qatlami, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar ilgari surayotgan g`oya va maqsadlarni ro`yobga chiqarish uchun milliy qonunchiligimizda bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ijrosini taminlash chora-tadbirlari ko`rilmoqda.

 2019 yil 2 sentyabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” Qonunning qabul qilinishi bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat mezonlari o`rnatildi, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi.

Jumladan, Qonunning 4-moddasiga asosan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.

        So`ngi yillarda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar yuqoridagi prinsiplarning amalda ro`yobga chiqarilayotganini tasdiqlamoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.

Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.

Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-aprelda “Moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 250-son qarori bilan “Ayollar daftari” tizimi joriy etildi.

Bu orqali “Ayollar daftari” ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarni bartaraf etishning quyidagi mexanizmlari yo`lga qo`yildi:

 bandlikni ta`minlash;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish ychun ko`maklashish;

 tadbirkorlikka jalb qilish;

moddiy yordam ko`rsatish;

turar-joy ijarasi uchun kompensatsiya to`lash;

tibbiy, huquqiy, psixologik yordam ko`rsatish.

 Eng muhimi,  Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, faollari va mahalladagi mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi” bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish hamda xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali o`rganish xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini og`ishmay, bir xilda ta`minlashga xizmat qiladi.

 

Oybekxon XIDIROV,

Tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi.

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM