1-apreldan 25-aprelga qadar “Dolzarb o‘n besh kunlik biohimoya” tadbiri e’lon qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Respublikada fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, tabiat biofondini rivojlantirish va zararkunandalar keng tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi biologik kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2022-yilning 1-aprelidan 25-apreliga qadar “Dolzarb o‘n besh kunlik biohimoya” tadbiri e’lon qilindi.

Ushbu tadbir doirasida biologik usulni keng qo‘llash va biofonni boyitish maqsadida agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi biomahsulotlarni tarqatilishi tashkil etiladi.

Shuningdek, aprel oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligida g‘alla maydonlariga hamda paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari atrofiga oltinko‘z tuxumini profilaktik hamda zararkunandalarga qarshi kurash maqsadida tarqatish amalga oshirilishi maqsad qilingan.

Shu bilan bir qatorda, tadbir davomida begona o‘tlarda zararkunandalarning to‘planishi va xavfli zararli o‘choqlari hosil bo‘lishini oldini olish uchun agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklarining ekin maydonlari atrofiga gektariga 1000-2000 dona, issiqxonlarda yetishtirilayotgan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va sitrus ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi kurashda esa ularning zichligiga qarab gektariga 3000-5000 donadan, mevali bog‘lar va boshqa daraxtzorlarga gektariga 2000-3000 donadan yoki bir tup hisobiga 30-50 donadan oltinko‘z tuxumlari tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

Bunda biomahsulotlardan samarali foydalanish, ularning turlari bo‘yicha bosqichma-bosqich dalaga chiqarilishining aniq muddatlarini belgilash uchun ekin dalalari atrofiga har 2 gektariga bir donadan feromon tutqichlar o‘rnatilib, kunlik nazorat ishlari dala daftariga qayd etib boriladi.

Qolaversa, biomahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha biolaboratoriyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar o‘rtasida shartnomalarni tuzish ishlari, mavjud har bir biolaboratoriyaning shоxobchalarini xonadonlarda kooperatsiya asosida kamida 30 tadan tashkil qilish orqali aholi tomorqalariga ham xizmat ko‘rsatish tizimini joriy qilish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari hamda aholi xonadonlarida daromad manbai yaratilishiga amaliy yordam beriladi.

 

A.Amirov va B.Absamatov,

Samarqan viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Ishtixon tuman inspektorlari.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM