"Biz- sportchi oilamiz!" shiori ostida musobaqa o'tkazildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bu bellashuvlar O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport yo'nalishini rivojlantirish bo'yicha chiqarilgan qonun va qarorlar, normativ hujjatlar asosida o'tkazilayotir. Tadbirlardan maqsad ishchi-xodimlar, ularning oila a'zolarini ommaviy sport  turlari bilan shug'ullanishlarini ta'minlash, salomatliklarini mustahkamlash va jamoa bo'lib harakat qilishga o'rgatishdir.

Shahar markazidagi 8-umumiy o`rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan hududiy bellashuvlarda Qo`shrabot tumanidan Bunyod Haytanov, Payariq tumanidan Jasur Jalilov, Ishtixon tumanidan Zohid Arziqulov, Nurobod tumanidan Matullin Eldorlar oilasi ishtirok etdilar.

Sportchilar 7 tur bo'yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishdi. O'zbek-iston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tashab-busi bilan, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyush-masi tuman Kengashlari homiyligidagi musobaqa  qizg'in bahslashuvlar bilan o'tdi.

Nurobod tumani vakillari eng faxrli 1-o'rin sohibi bo'lishdi. Payariq, Ishtixon va Qo`shrabot tumanlari jamoalari ham  quvonchli natijalarga erishdilar. Sportchilar  "Eng chaqqon oila", "G'alabaga bo'lgan ishonchi yuksak oila", "Eng ahil oila", "Eng faol oila" nominatsiyalari bo'yicha ham taqdirlandilar. G`oliblarga esdalik sovg'alari, Faxriy yorliqlar  topshirildi.

Ha, sport faqat inson salomatligini mustahkamlabgina qolmay kishiga yaxshi kayfiyat ham baxsh etadi, do`stlikni mustahkamlaydi.

 

Baxtiyor Valiyev,

ta'lim va fan xodimlari

kasaba uyushmasi

tuman Kengashi

raisi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM