Kuldondagi qizil gul "Tamakisiz kun" belgisidir

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bundan bir necha yil avval, tarbiya soatida o'zim rahbarlik qiladigan sinf o'quvchilari bilan zararli odatlar  haqida suhbatlashdik. Dastavval, o'quvchilardan bunday odatlarni sanab o'tishlarini so'radim.-Ichkilikbozlik, bezo-rilik, qo'pollik...- sanay boshlashdi ular.

-Chekish!- qo`shib qo`ydi qizlardan biri.     Shunda bir o'g'il bola:

-Chekish faqat kashan-daning o'ziga zarar keltiradi!-dedi qat`iy ovozda.

Bahs boshlandi. Fikrlarni tinglar ekanman, aksariyat o'g'il bolalar chekish unchalik ham jiddiy masala emas  degan fikrni yoqlashga moyil ekanliklarini sezdim. Bahslarga nuqta qo'yish va chekishning inson salomat-ligiga nechog'lik katta salbiy ta'siri borligini so'zlab berish uchun gap boshladim.

Avvalo, xonadonda bir kishi o'rtacha faollikdagi chekuvchi bo'lsa, buning oila byudjetiga keltiradigan mod-diy zararini tahlil etishga kirishdim. Masalan, ota har ikki kunda bir quti sigaret sotib oladi. Buning bahosi o'rtacha 5 ming so'm. Demak, bu xonadonda bir oyda 15 quti tamaki xarid qilinadi va buning uchun 75000 ming so'm sarflanadi. Buni 12 oyga hisoblasak,  900 000 so'm sarflanadi...

- Ehey, bunga yaxshi bir telefon xarid qilish mumkin-ku!- dedi oldingi qatorda o'tirgan o`quvchilardan biri.  Men bolalarning fikrini o'ziga torta oladigan so'z topganimdan mamnun bo'ldim va suhbatni davom ettirdim. Chekishning o'rniga bir yilda o'nlab kitoblar sotib olish mumkin. Ammo, har bir chekilgan tamaki tutunidan faqat chekuvchi-ning o'zi emas, balki atrofda u bilan yonma-yon o'tirgan odamlar ham zararlanadi. Chunki, tamaki tutuni 25 dan ortiq turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Masalan, o'pka raki 90 foiz, surunkali o'pka kasalliklari 75 foiz, yurak-qon tomir kasalligini 25 foiz holatda tamaki tufayli kelib chiqishi fanda isbotlangan.

Tamaki tarkibidagi smola organizmga og'iz bo'shlig'i-dayoq zarar berishni boshlaydi.

Og'izdan noxush is keladi, tishlari sarg'ayadi, qon tomirlari torayishi hisobiga yuqori nafas yo'llari kasalliklari kuzatiladi, hatto, og'iz bo'shlig'i rakini ham keltirib chiqarishi mumkin. Tamaki tutuni o'pkaga yetib borgach o'pka to'qimalari dud smola bilan qoplanadi, chekuvchi kishida tinimsiz balg'amli yo'tal paydo bo'ladi, surunkali obstruktiv bronxit kuzatiladi. Bu kasallik zo'rayib oxir oqibatda rakka aylanadi. Chunki tamaki smolasi tarkibida onkologik kasalliklar chaqiruvchi kanserogen moddalar mavjud.

Tamaki chekish boshqa tizimlarga ham nojo'ya ta'sir ko'rsatadi. Oshqozon va ichak yarasi, bosh miya va yurak qon tomirlari aterosklerozi, qon bosimi oshishi, yurak ishemiya kasalligi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Chunki ateroskleroz, ya'ni qon tomirlari torayishi hisobiga hayot uchun muhim bo'lgan a'zolarda qon aylanish me`yori yillar davomida o`zgaradi.

Yana bir nogironlikka   olib keluvchi kasallik bu oyoq va qo'l barmoqlarining gangrenasi, ya'ni chiriy boshlashidir.

Bu ma'lumotlarni so'zlar ekanman, nafaqat o'g'il bolalar, balki qizlar ham gaplarimni berilib tingla-shardi.

-Shuning uchun ham  1988 yildan buyon har yili 31-may kuni - Butunjahon tamakisiz yashash kuni bayrami  sifatida nishon-lanadi. Ko'pchilik chekishda foydalanadigan idishga solingan qizil gul "Tamakisiz kun" belgisi sanaladi, - dedim so'zimning oxirida.

Sinfga bir muddat jimlik cho'kdi, so'ngra qarsaklar yangradi. Men esa kashandalik  inson salomatligi uchun zararli ekanini anglatishda asl maqsadimga erishganimdan quvondim.

Nigora YETKIROVA,

o'qituvchi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM