YURTIMIZ MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGIGA YANA BIR TUHFA.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida tumanimiz markazida joylashgan “Fayzbaraka” super market Ishtixon filialining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Qariyib 1 mlrd sarmoya kiritilgan ushbu binoda 10 nafar yigit-qizlarimiz  ish bilan taminlandi. Tadbirda tuman hokimi so’z olib, tumandoshlarimizni bugungi qutlug’ bayram bilan tabriklab, tadbirkorning ishiga omad tiladi.

“BO’RONXO’JA”  MFY UYG’ONI QISHLOG’IDA 66-UMUMTA’LIM MAKTABINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.
Tuman hokimi bugun bayram arafasida “Bo’ronxo’ja”  MFY Uyg’oni qishlog’ida joylashgan 66-umumta’lim maktabining yangi binosini ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi so’zga chiqib, hozirgi paytda o‘quv maskanlarida yoshlarga oid davlat siyosati izchil hayotga tatbiq etilayotgani, Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida o‘quvchilarning bilim darajasi va umumiy dunyoqarashini o‘stirishga, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish barobarida, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilishini takidladi. Shundan so’ng tadbirning badiiy qismi boshlandi, o’quvchilar tomonidan aytilgan she’r va kuy-qo’shiqlarda ona Vatan, tinchlik tarannum etildi.

SHAYXISLOM” MFY TIBBIYOT PUNKITI FILIALINING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI.
Kunning ikkinchi yarimida tuman hokimi “O’zbekiston” oilaviy poliklinikasiga qarashli “Shayxislom” MFY tibbiyot punkiti filialining ochilish marosimiga keldi. Tadbirkor Mamasoli xoji bobo tashabbusi bilan yer maydoni vaqtincha foydalanish uchun berilgan bo’lib, xalqimizga ushbu tibbiyot punkiti endilikda samarali xizmat qiladi, albatta bu kabi sa’y-harakatlar xalqimizning yanada tinch, farovon yashashida dasturil amal bo’lib xizmat qiladi. Tibbiyot punkiti hozirda “Shayxislom” MFY hududida yashovchi  707 xonadon oilalariga xizmat ko’rsatadi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM