“Maroqand sifat textile” MChJ korxonasi 2019-yil tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 470 nafar ish o’ringa ega bo’lib, shundan 320 nafari xotin-qizlar hisoblanadi. Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan bugun tantanali bayram dasturxoni tashkil qilindi. Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev so’zga chiqib, korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilarni bayram bilan qutladi. Viloyatdan tashrif buyurgan san’atkorlarning sho’x kuy-qo’shiqlari esa bayramni yanada fayzli o’tishini taminladi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati