Tuman hokimi shuningdek "O'zbekiston" MFY hududidagi Oybek ko'chasiga tashrif buyurdi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi shuningdek "O'zbekiston" MFY hududidagi Oybek ko'chasiga tashrif buyurdi. Fuqarolar tuman hokimining sayyor qabuliga kelib o'zlarining murojaatini yo'llashgan edi. Fazliddin Ruziyev bugun o'zi ishchi guruh tuzib, Oybek ko'chasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi. Darhaqiqat, Oybek ko'chasining ichki yo'llari bir necha  o'n yillardan buyon yaroqsiz holda, kuz-qish mavsumida yomg'ir suvlari yo'llarga to'planib, fuqarolarning xonadoniga zarar yetkazib kelayapti. Shuningdek fuqarolar tuman hokimiga eski sim yog'ochlarni yangi beton tayanch ustunlariga almashtirib berilishi yuzasidan tuman  hokimiga murojaat qilishdi. Fazliddin Ruziyev fuqarolarning murojaatlarini jiddiy ko’rib chiqishini aytib, mutasaddilarga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM