Tuman hokimi "Murodobod" MFY binosida qishloq fuqarolari bilan uchrashdi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi bugun "Murodobod" MFY binosida qishloq fuqarolari bilan uchrashdi. Unda fuqarolar asosan 3 ta muammoli masalalari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. 1-masala "Murodobod" MFY mahalla binosini qurish. 2- masala "Murodobod" MFY Chambil qishlogʻini kesib oʻtuvchi 4M547K yoʻlini 1300 m, Kubay va Turkman qishloqlarini bogʻlovchi 4M547I yoʻlini 3500 m qismini taʼmirlash. 3-masala "Murodobod" MFY hududida mavjud 150 dona eski simyogʻochlarni o'rniga  yangi beton tayanch ustunlariga almashtirilishi aytildi. Tuman hokimi fuqarolar tomonidan yo'llangan murojaatlarni jiddiy ko’rib chiqishini, hali bu borada oldimizda katta maqsadlar borligini aytdi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM